O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning
1999 yil namunasidagi 5 so‘m qiymatdagi tangasi
Tanga nikel qotishmasi bilan qoplangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, rangi oq. Tanganing old tomonida tanganing qiymati - “5” raqami aks ettirilgan. Raqamning ostida bosma harflar bilan “SO‘M” so‘zi va tanga chiqarilgan yili tasvirlangan. Tanganing har ikki chekkasida bitta g‘o‘za bargi bilan boshlanadigan to‘rtta ochilgan ko‘sak tasviri tushirilgan.
Tanganing orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Gerbi va uning tevaragida, tanganing tashqi qirrasi yoqalab yuqorida 12 ta yulduzcha tasvirlangan va doiraning pastki qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘zlari yozilgan.
Diametri: 22,20 mm, qalinligi: 1.6 mm, og‘irligi: 4,00 gr.