Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

100 so'm (2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

Yangilangan sana: 23 Iyun 2020, 15:15
2004

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2004 yil namunasidagi  100 so`m qiymatidagi tangasi

O'zbekiston milliy valyutasining 10 yilligiga bag'ishlab, 100 so'm qiymatidagi tanga pulni muomalaga chiqardi. Tanga po'latdan tayyorlangan oq rangdagi miss-nikel qotishmasi bilan qoplangan.

Tanganing old tomoni (avers) markazida quyosh nurlari taralgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi xaritasi va "100 so'm” yozuvi joylashgan. Bu tasvir 77 dona aylana shaklida terilgan sferik nuqtalar ichiga joylashgan. Tanga burti va sferik nuqtalardan iborat aylana oralig'ida “O'ZBEKISTON MILLIY VALYUTASIGA 10 YIL” degan matn joylashgan.

Tanganing orqa (revers) tomoni markazida O'zbekiston Respublikasining Gerbi aks ettirilgan bo'lib, uning atrofida “O"ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” degan yozuv joylashgan va ikki sferik nuqta oralig'ida tanga chiqarilgan yil "2004" yozuvi bor.

Tanga gurtiga (qirrasi) “O’ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” degan yozuv va musammas belgisi tushirilgan.

Tanganing diametri - 27,1 mm.ni, qalinligi - 1,8 mm.ni, og'irligi - 8,0 gr.ni tashkil etadi.


USD = 12861.25
+24.15
EUR = 13603.34
+87.16
RUB = 128.41
+3.79
GBP = 16410.96
+80.89
JPY = 85.41
+0.01
CHF = 14633.35
+126.51
CNY = 1770.52
+3.42
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X