O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2009 yil namunasidagi 100 so`m qiymatidagi tangasi
Tanga mis va nikel qotishmasi bilan qoplangan po'latdan tayyorlangan, rangi oq.
Tanganing old tomoni (avers)da "Ezgulik arkasi” monumenti tasvirlangan. Monumentning yuqori qismida tanganing qiymati “100” raqami yozilgan. Raqamning tagida lotin bosma harflari bilan “so'm” so'zi yozilgan. Monumentning yuqori qismida aylana bo'ylab “TOSHKENT SHAHRINING 2200 YILLIGI “ yozuvi tushirilgan.
Tanganing orqa taraf (revers)lari markazida O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasvirlangan, Gerbning tashqi qirrasi bo'ylab bosma lotin harflari bilan “O'ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so'zlari aylanasimon ko'rinishda yozilgan. Gerb tagining markaziy qismida tanganing ishlab chiqarilgan yili bo'rtib chiqqan ikki nuqta bilan chegaralangan “2009” raqami ko'rsatilgan.
Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo'ylab 72 dona bo'rtib chiqqan sferik nuqtalar joylashtirilgan.
Tanganing yon qirrasi (gurti)da har bir guruhda 10 donadan jami 100 dona bo'rtib chiqqan qirralar joylashtirilgan.
Tanganing diametri - 27,1 mm.ni, qalinligi - 1,95 mm.ni, og'irligi - 8,0 gr.ni tashkil etadi.