Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

100 so'm (2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

Yangilangan sana: 23 Iyun 2020, 15:15
2009

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2009 yil namunasidagi  100 so`m qiymatidagi tangasi

Tanga mis va nikel qotishmasi bilan qoplangan po'latdan tayyorlangan, rangi oq.

Tanganing old tomoni (avers)da "Mustaqillik va ezgulik” monumenti tasvirlangan. Monumentning chap tarafida tanganing qiymati  “100” raqami yozilgan. Raqamning tagida lotin bosma harflari bilan  “so'm ” so'zi yozilgan. Monumentning yuqori qismida aylana bo'ylab “TOSHKENT  SHAHRINING  2200  YILLIGI “ yozuvi tushirilgan.

Tanganing orqa taraf (revers)lari markazida O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasvirlangan, Gerbning tashqi qirrasi bo'ylab bosma lotin harflari bilan  “O"ZBEKISTON  MARKAZIY  BANKI” so'zlari aylanasimon ko'rinishda yozilgan. Gerb tagining markaziy qismida tanganing ishlab chiqarilgan yili bo'rtib chiqqan ikki nuqta bilan chegaralangan “2009” raqami ko'rsatilgan.

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo'ylab 72 dona bo'rtib chiqqan sferik nuqtalar joylashtirilgan.

Tanganing yon qirrasi (gurti)da har bir guruhda 10 donadan jami 100 dona bo'rtib chiqqan qirralar joylashtirilgan.

Tanganing diametri - 27,1 mm.ni, qalinligi - 1,95 mm.ni, og'irligi - 8,0 gr.ni tashkil etadi.


USD = 12861.25
+24.15
EUR = 13603.34
+87.16
RUB = 128.41
+3.79
GBP = 16410.96
+80.89
JPY = 85.41
+0.01
CHF = 14633.35
+126.51
CNY = 1770.52
+3.42
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X