O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2018 yil namunasidagi 100 so‘m qiymatidagi tangasi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi “100 so‘m” qiymatdagi tangasi nikel qotishmasi qoplangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, rangi oq.
Tanganing old tomonida (avers) Mustaqillik va ezgulik monumenti tasvirlangan.
Monumentning chap tarafida tanganing qiymati “100” raqami va raqamning tagida bosma harflarda “so‘m” so‘zi yozilgan.
Tanga orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanmasi bo‘ylab bosma harflarda aylanasimon ko‘rinishda “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.
Gerbning ostida tanganing ishlab chiqarilgan yili, bo‘rtib chiqqan ikkita nuqta bilan chegaralangan, “2018” raqami ko‘rsatilgan.
Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.
Tanganing yon qirrasi silliq.
Diametri – 20,0 mm., qalinligi – 1,0 mm., og‘irligi – 2,5 gr.ni tashkil etadi.