Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

200 so`m

Yangilangan sana: 23 Iyun 2020, 15:28
2018

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining

2018 yil namunasidagi 200 so‘m qiymatidagi tangasi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi “200 so‘m” qiymatdagi tangasi nikel qotishmasi qoplangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, rangi oq.

Tanganing old tomonida (avers) Samarqand shahridagi “Sherdor” madrasasi peshtoq ravog‘ining ichkarisidagi sher ornamenti aks ettirilgan.

Ornamentning pastki qismida tanganing qiymati “200” raqami va raqamning tagida botiq holda bosma harflarda “so‘m” so‘zi yozilgan.

Tanganing tashqi aylanasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.

Tanga orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab bosma harflarda aylanasimon ko‘rinishda “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.

Gerbning ostida tanganing ishlab chiqarilgan yili, bo‘rtib chiqqan ikkita nuqta bilan chegaralangan, “2018” raqami ko‘rsatilgan.

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.

Tanganing yon qirrasi silliq.

Diametri – 22,0 mm., qalinligi – 1,1 mm.,og‘irligi – 3,3 gr.ni tashkil etadi.


USD = 12861.25
+24.15
EUR = 13603.34
+87.16
RUB = 128.41
+3.79
GBP = 16410.96
+80.89
JPY = 85.41
+0.01
CHF = 14633.35
+126.51
CNY = 1770.52
+3.42
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X