O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2018 yil namunasidagi 50 so‘m qiymatidagi tangasi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi “50 so‘m” qiymatdagi tangasi nikel qotishmasi qoplangan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, rangi oq.
Tanganing old tomonida (avers) tanganing qiymati “50” raqami va raqamning tagida botiq holda bosma harflarda “so‘m” so‘zi yozilgan. Raqamning ikki yon tomonida milliy bosh kiyim – do‘ppidagi naqsh qabariq holda tasvirlangan.
Tanga qiymatining tashqi aylanmasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.
Tanganing orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab bosma harflarda aylanasimon ko‘rinishda “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.
Gerbning ostida tanganing ishlab chiqarilgan yili, bo‘rtib chiqqan ikkita nuqta bilan chegaralangan, “2018” raqami ko‘rsatilgan.
Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab 72 ta bo‘rtib chiqqan sferik nuqta tushirilgan.
Tanganing yon qirrasi silliq.
Diametri – 18,0 mm., qalinligi – 1,0 mm., og‘irligi – 2,0 gr.ni tashkil etadi.