Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining
1000 soʼm qiymatidagi tangasi
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal qiymati
1000 soʼm boʼlgan tanga koʼrinishidagi pul belgisi 2 xil rangdagi kombinatsiyadan iborat boʼlib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikelь qotishmasidan tayyorlangan.
Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi”ning binosi tasvirlangan.
Tasvirning pastki qismida botiq holda tanga qiymati “1000” raqami va lotin bosma harflarida “som” soʼzi yozilgan.
Tanga orqa tomoni (revers) markazida Oʼzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi boʼylab bosma lotin harflarida aylanasimon koʼrinishda “OZBEKISTON MARKAZIY BANKI” soʼzlari yozilgan.
Gerbning ostida tanga namunasi tasdiqlangan yil – “2022” raqami koʼrsatilgan.
Tanganing yon qirrasi silliq ishlangan.
Diametri – 26,27 mm., ichki disk diametri – 17,6 mm.,
qalinligi – 1,6 mm., ogʼirligi – 7,3 gr.ni tashkil etadi.