Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Amir Temur

Yangilangan sana:  22 Iyul 2019, 09:10
1997

Amir Temur

Mazkur oltin tanga 1997 yilda Amir Temurga bag‘ishlab zarb etilgan.

Tanganing old tomonida ot mingan Amir Temur haykali tasvirlangan. Tasvirning pastki qismida tanga qiymatini ko‘rsatuvchi "100" raqami, tagida esa valyuta nomi "SO‘M" mavjud. Haykalning chap va o‘ng tarafida Amir Temurning hayot yillari "1336" va "1405" raqamlari joylashtirilgan. Tanganing yuqori qismida "AMIR TEMUR" degan yozuv yarim aylana shaklida ko‘rsatilgan. Tanganing tashqi aylanasi bo‘ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasvirlangan bo‘lib, u munchoq ko‘rinishidagi naqsh ichiga joylashtirilgan. Gerb tasvirining tagida tanga chiqarilgan yil - "•1997•"  ko‘rsatilgan, uning chap tomonida metall va asillik darajasini bildiruvchi "Au 999.9" va o‘ng tomonida esa metallning og‘irligini bildiruvchi "31.1 gr." yozuvlari mavjud. Gerbning yuqori qismida yarim aylana shaklida "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI" yozuvi mavjud.

Tanganing yon tomoni notekis. Diametri – 38,0 mm. Og‘irligi – 31,1 gr.


  • Metal turi: Золотые монеты
  • Og’irlik: 31,1
  • Qiymat: 100
  • Asillik darajsi: 999,9
  • Sifati: PROOF
USD = 10231.71
+21.85
EUR = 12059.09
+38
RUB = 138.65
+1.19
GBP = 13353.40
-9.26
JPY = 96.61
+0.18
CHF = 11215.29
+28.85
CNY = 1468.60
+4.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X