O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi
(Temuriylar tarixi davlat muzeyi)
Mazkur kumush tanga 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligiga bag‘ishlab zarb etilgan.
Tanganing old tomoni markazida Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi tasvirlangan. Tasvirning pastki qismida tanga qiymatini ko‘rsatuvchi "100" raqami, uning tagida esa valyuta nomi "SOʻM" mavjud. Tasvir atrofida "OʻZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 10 YILLIGI" degan matn bor.
Tanganing orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasvirlangan bo‘lib, uning atrofida "OʻZBEKISTON MARKAZIY BANKI" yozuvi bor. Gerb tasvirining tagida tanga chiqarilgan yil - "2001" aks ettirilgan. Ushbu raqamning chap tomonida metall va asillik darajasini bildiruvchi "Ag 999,9", uning o‘ng tomonida esa metallning og‘irligi "31,1 gr" ko‘rsatilgan.
Tanganing oldi va orqa tomonlari tashqi aylanalari bo‘ylab munchoq shaklidagi naqsh tushirilgan.
Tanganing yon tomoni notekis. Diametri – 38,0 mm. Og‘irligi – 31,1 gr.
- Metal turi: Серебряные монеты
- Og‘irlik: 31,1
- Qiymat: 100
- Asillik darajsi: 999,9
- Sifati: PROOF