Tanganing markazida bahor faslining darakchisi bo‘lgan qaldirg‘ochning timsoli aks ettirilgan. Qaldirg‘ochning atrofida bodom daraxtining yangi gullagan novdasi va uning gulbarglari tasvirlangan. Qaldirg‘ochlarning uchib kelishi hamda bodom daraxtining gullashi o‘lkaga bahor fasli kirib kelganidan dalolatdir. Tanganing tashqi aylanasida “NAVRO‘ZI OLAM” va “NAVRUZ HOLIDAY” yozuvlari joylashtirilgan.
Tanganing orqa tomonidagi kichik doiraning yuqori qismida O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzi hisoblangan davlat gerbi aks ettirilib, uning atrofi o‘zbek an’analariga xos tarzda milliy naqsh bilan bezatilgan. Kichik doiraning pastki qismida tanganing nominal qiymatini anglatuvchi “100 000 so‘m” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi va ichki doiralari orasida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.
- Metal turi: Золотые монеты
- Og‘irlik: 20
- Qiymat: 100 000 so‘m
- Asillik darajsi: Au 999,9
- Sifati: -










