Tanganing markazida unib chiqayotgan bug‘doy tasviri joylashtirilgan. Bug‘doy Navro‘z bayramini nishonlashda tayyorlanadigan sumalakning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Unayotgan bug‘doy atrofini bodom daraxtining gullagan shoxlari va an’anaviy naqshlardan iborat kompozitsiya o‘rab turibdi. Tanganing tashqi aylanasida “NAVRO‘ZI OLAM” va “YANGILANISH DAVRI” yozuvlari joylashtirilgan.
Tanganing orqa tomonidagi kichik doiraning yuqori qismi milliy o‘zbek an’analarga xos tarzda milliy naqsh bilan bezatilgan. Kichik doiraning pastki qismida tanganing nominal qiymatini anglatuvchi “100 000 so‘m” yozuvi aks ettirilgan. Tanganing tashqi va ichki doiralari orasida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.
- Metal turi: Серебряные монеты
- Og‘irlik: 31,1
- Qiymat: 100 000 so‘m
- Asillik darajsi: Ag 999,9
- Sifati: -










