"Amir Temur tavalludining 690 yilligi"
Mazkur kumush esdalik tangasi 2026-yilda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab zarb etilgan.
Old tomoni: tanganing markazida Toshkent shahrida o‘rnatilgan Amir Temurning otda qo‘lini ko‘tarib turgan holatdagi haykali tasvirlangan.
Haykalning chap tomonida Amir Temur tavallud topgan yil “1336” va o‘ng tomonida uning vafot etgan yili “1405” joylashgan. Tanganing yuqori aylanasi bo‘ylab “AMIR TEMUR TAVALLUDINING 690 YILLIGI” so‘zlari bilan bezatilgan.
Orqa tomoni: tanganing markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtirilgan. Mazkur gerbning pastki qismida “100 000 so‘m” va tanga chiqarilgan yil “2026” so‘zlari tasvirlangan. Tanganing yuqori aylanasi bo‘ylab “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” so‘zlari joylashtirilgan.
- Metal turi: Серебряные монеты
- Og‘irlik: 31,1
- Qiymat: 100 000 so‘m
- Asillik darajsi: Ag 999,9
- Sifati: -