Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

“MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI”

Yangilangan sana: 18 Sen 2026, 14:09
2026

“MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI”
Tangalarda O‘zbekiston mustaqilligi, milliy davlatchilik, tarixiy meros va zamonaviy taraqqiyot ramzlari aks ettirilgan.

To‘plamning old tarafi: Tanga markazida Mustaqillik monumenti va uning ortidan taralayotgan quyosh nurlari tasvirlangan. Mazkur kompozitsiya xalqimizning ozodligi, milliy g‘ururi va yorug‘ kelajagini ifodalaydi.

Tanga markazida Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosi tasvirlangan. Ushbu me’moriy obraz O‘zbekistonning jahon ilm-fani, ma’naviyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettiradi.

Tanga markazida mustaqillikning 35 yilligini ifodalovchi “35” raqami asosiy kompozitsion element sifatida tasvirlangan. Dizaynda milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi do‘ppi naqshlaridan foydalanilgan.

To‘plamning orqa tarafi: Tanga markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i hamda uning qabul qilingan sanasi — “1991-YIL 18-NOYABR” yozuvi tasvirlangan.

Tanga markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi hamda uning qabul qilingan sanasi — “1992-YIL 2-IYUL” yozuvi tasvirlangan.

Tanga markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasidan olingan “OLAMNI MAHLIYO AYLAGAN DIYOR!” satri hamda Madhiyaning qabul qilingan sanasi — “1992-YIL 10-DEKABR” yozuvi tasvirlangan.

Esdalik tangalari 999,9 asillikdagi oltin (Au) va kumushdan (Ag) zarb etilgan. Har bir tanganing og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati esa 100 000 so‘mni tashkil etadi.


  • Metal turi: Золотые монеты
  • Og‘irlik: 31,1
  • Qiymat: 100 000 so‘m
  • Asillik darajsi: Au 999,9
  • Sifati: -
USD = 11809.82
-29.77
EUR = 13569.48
+0.13
RUB = 140.68
+0.26
GBP = 15820.43
+16.95
JPY = 75.12
+0.11
CHF = 14381.17
+38.84
CNY = 1763.87
-3.84
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X