“46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASI”
Oltin va kumush esdalik tangalarida Samarqandning me’moriy merosi va shaxmat ramzlari aks ettirilgan. “Ikki tanga — bir Registon” konsepsiyasiga ko‘ra, tangalar yonma-yon qo‘yilganda yaxlit me’moriy tasvir hosil qiladi.
Tangalarning old tarafi:
Tillakori madrasasining me’moriy elementlari, shaxmat donalari va milliy naqshlar tasvirlangan. Kompozitsiya zakovat, jamoaviy birlik va tarixiy merosni ifodalaydi.
Oltin tangada “46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi Samarqand-2026”, kumush tangada esa “46th Fide Chess Olympiad Samarkand-2026” yozuvlari joylashtirilgan.
Tangalarning orqa tarafi:
Markazda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) logotipi tasvirlangan.
Oltin tangada “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki”, kumush tangada esa “Central Bank of the Republic of Uzbekistan” yozuvlari hamda nominal qiymati ko‘rsatilgan.
Esdalik tangalari 999,9 asillikdagi oltin (Au) va kumushdan (Ag) zarb etiladi. Har bir tanganing og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati 100 000 so‘m.
- Metal turi: Золотые монеты
- Og‘irlik: 31,1
- Qiymat: 100 000 so‘m
- Asillik darajsi: Au 999,9
- Sifati: -










