Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kredit tashkilotlari

Kredit tashkilotlari - tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar.

Kredit tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.

Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:

  • yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;

  • to‘lovlarni amalga oshirish.

Mikrokredit tashkiloti  - mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va «Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.

Mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag‘laridir.

Mikroqarz mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa to‘lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag‘laridir.

Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.

Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.

Lombard - fuqarolardan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni garovga olgan holda, uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga kreditlar ajratuvchi yuridik shaxs.



USD = 10209.86
+2.17
EUR = 12021.09
+125.05
RUB = 137.46
-4.91
GBP = 13362.66
+308.05
JPY = 96.43
+0.24
CHF = 11186.44
+98.36
CNY = 1463.91
+8.58
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X