Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2026-yil uchun mahalliy tizimli ahamiyatga molik banklar belgilandi

Yangilangan sana: 4 Noy 2025, 11:47

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan 2026-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar ro‘yxatini tasdiqladi.

Tizimli ahamiyatga molik banklar quyidagi mezonlar asosida aniqlandi:

- aktiv va majburiyatlar hajmi;
- bank tizimi ishtirokchilari bilan o‘zaro bog‘liqligi;
- qamrov;
- bank operatsiyalari murakkabligi.

Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan quyidagi banklar 2026-yil uchun mahalliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilanmoqda:

1.   “O‘zmilliybank” AJ
2.   “Agrobank” ATB
3.   “O‘zsanoatqurilishbank” ATB
4.   AT “Xalq banki”
5.   “Ipoteka-bank” ATIB
6.   “Kapitalbank” ATB
7.   “Asakabank” AJ

2025 yil 1 oktabr holatiga tizimli ahamiyatga molik banklarning O‘zbekiston bank tizimi aktivlaridagi ulushi 64 foizni tashkil etmoqda.




Ulashish:

 
USD = 12055.90
+44.25
EUR = 13572.53
+109.87
RUB = 144.16
+0.99
GBP = 16078.95
+167.12
JPY = 76.30
+0.25
CHF = 14646.94
+180.3
CNY = 1803.07
+7.9
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X