Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Banklar uchun kontrsiklik kapital bufer darajasi belgilandi

Yangilangan sana: 26 Dek 2025, 17:30

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi bank tizimining barqarorligini yanada mustahkamlash hamda davriy tizimli xatarlarni kamaytirish maqsadida banklar uchun kontrsiklik kapital bufer darajasini 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran 1,5 foiz etib belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Ushbu qaror banklar uchun oʻrnatiladigan kapital talablarini Bazel III standartlariga muvofiqlashtirish, shuningdek, 2024–2025-yillarda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon bankining Moliyaviy sektorni baholash dasturi (FSAP) doirasida berilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda qabul qilindi.

Kontrsiklik kapital buferi darajasini belgilashda moliyaviy sikl va tizimli xatarlarni ifodalovchi samarali koʻrsatkichlar hisobga olindi. Belgilangan metodologiyaga muvofiq, bufer darajasini aniqlashda miqdoriy yondashuvlar asosida hisob-kitoblar amalga oshirildi.

Markaziy bank kontrsiklik kapital bufer darajasini yilda ikki marta qayta koʻrib chiqadi. Kontrsiklik kapital bufer darajasi bankning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlariga nisbatan 0–2,5 foiz oraligʻida belgilanishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun:

Kontrsiklik kapital bufer — bu banklardan iqtisodiy faollik yuqori boʻlgan davrlarda qoʻshimcha kapital shakllantiruvchi makroprudensial nazorat vositasi boʻlib, iqtisodiy pasayish davrlarida banklar tomonidan yoʻqotishlarni qoplash va kreditlash faolligini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.

 




Ulashish:

 
USD = 12020.48
+4.52
EUR = 14048.33
-3.13
RUB = 158.77
-1.53
GBP = 16207.21
-15.54
JPY = 75.25
+0.03
CHF = 15273.80
-29.26
CNY = 1758.33
-0.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X