Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2027-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar belgilandi

Yangilangan sana: 11 Noy 2026, 14:06

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2027-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar ro‘yxatini tasdiqladi.

“Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq quyidagi mezonlar asosida hisob-kitoblar amalga oshirildi:

-      aktiv va majburiyatlar hajmi;
-      bank tizimi ishtirokchilari bilan o‘zaro bog‘liqligi;
-      qamrov;
-      bank operatsiyalari murakkabligi.

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan quyidagi banklar 2027-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilandi:

1.     “O‘zmilliybank” AJ
2.     “Agrobank” ATB
3.     “O‘zsanoatqurilishbank” ATB
4.     “Asakabank” AJ
5.     “Kapitalbank” ATB
6.     AT “Xalq banki”
7.     “Ipoteka-bank” ATIB

Bunda, tizimli ahamiyatga molik banklarning amaldagi ro‘yxati o‘zgarishsiz qolmoqda. 2026-yilning 1-oktabr holatiga tizimli ahamiyatga molik banklarning aktivlari O‘zbekiston bank tizimi aktivlarining 60 foizini tashkil etdi.

Markaziy bank tomonidan tizimli ahamiyatga molik banklar uchun alohida bank nazorati o‘rnatiladi hamda tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 1 foizi miqdorida qo‘shimcha kapital buferini shakllantirish talabi belgilanadi.




Ulashish:

 
USD = 11973.44
+9.17
EUR = 13282.14
-41.27
RUB = 144.53
+0.04
GBP = 15891.15
-33.29
JPY = 74.99
-0.2
CHF = 14389.42
-34.05
CNY = 1795.58
+2.02
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X