Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Daromadlilik egri chizig’i

Yangilangan sana: 27 Avg 2024, 16:06

Davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) daromadlilik egri chizig‘i – milliy valyutadagi qarz vositalarining narxlari va muddatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi grafik hisoblanadi. Ya’ni ushbu grafik davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha turli muddatlarda qanday daromadlilik taklif qilinayotganini ko‘rsatadi.



DQQ daromadlilik egri chizig‘i birlamchi va ikkilamchi bozorlarda shakllangan davlat qimmatli qog‘ozlari (Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar) daromadliligi hamda pul bozori overnayt stavkasi, Markaziy bankning depozit va REPO auksionlari foiz stavkalari asosida hisoblanadi.

Ushbu vositalar bo‘yicha hisob-kitoblar har haftaning seshanba kuni soat 18:00 gacha bo‘lgan bir haftalik bitimlar natijalari asosida amalga oshiriladi va har chorshanba kuni soat 10:00 gacha e’lon qilinadi.

Daromadlilik egri chizig‘i kelgusi iqtisodiy sharoitlar va inflyatsion jarayonlar to‘g‘risidagi kutilmalarni shakllantirishga imkon yaratib, moliya bozori ishtirokchilari uchun muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Foydali havolalar

pdf 587.1 КБ
Davlat qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘ini hisoblash va e’lon qilish tartibi
pdf 242.7 КБ
Davlat qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘ini hisoblashning nazariy Metodologiyasi

USD = 12825.01
+12.71
EUR = 13552.19
+19.84
RUB = 128.62
+0.25
GBP = 16199.27
-10.85
JPY = 82.86
+0.39
CHF = 14475.18
+53.41
CNY = 1770.85
-1.91
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X