Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2025-yil 1-iyul kuni o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 30 Iyun 2025, 18:30

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank 2025-yil 1-iyul kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e`lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:

DQQ turi: qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;

identifikatsion raqam: 24127UMFS;

ISIN kod: UZA000004608

bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;

auksion o‘tkazish sanasi: 2025-yil 1-iyul;

muomala davri boshlanish sanasi: 2025-yil 3-iyul;

chiqarilish hajmi: 300 000 000 000 (uch yuz milliard) so‘m;

muomala davri: 364 kun;

majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2026-yil 2-iyul;

majburiyat bo‘yicha daromad turi: diskont;

daromadlilik: sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farq.

Auksion o‘tkazish shartlari:

arizalarni qabul qilish vaqti: 11:30 – 12:00;

arizalarni qondirish vaqti: 12:00;

to‘lov valyutasi: so‘m;

auksion bo‘yicha hisob-kitoblar Т+2 rejimida amalga oshiriladi;

auksion savdolarida faqat birlamchi dilerlar ishtirok etishi mumkin;

Ushbu DQQni maksimal hajmi 1 000 000 000 000 (bir trillion) so‘m bo‘lgunga qadar qo‘shimcha joylashtirilishi mumkin;

auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;

bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.




Ulashish:

 
USD = 11988.92
-30.16
EUR = 13663.77
-25.96
RUB = 153.49
-0.38
GBP = 15984.83
-23.38
JPY = 73.31
-0.12
CHF = 14710.33
-11.72
CNY = 1771.91
-2.96
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X