O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank 2025-yil 4-noyabr kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e`lon qiladi.
Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.
Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:
DQQ turi: o‘rta muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;
identifikatsion raqam: 28037UMFS;
ISIN kod: UZA000005035
bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
auksion o‘tkazish sanasi: 2025-yil 4-noyabr;
muomala davri boshlanish sanasi: 2025-yil 6-noyabr;
chiqarilish hajmi: 500 000 000 000 (besh yuz milliard) so‘m;
muomala davri: 1095 kun;
majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2028-yil 5- noyabr;
qatiy belgilangan foizli daromad stavkasi: yillik 15,0%;
foizli daromad to‘lanish davri: 6 oy.
Foizli daromad to‘lanish sanalari:
birinchi davr: 2026 yil 7-may;
ikkinchi davr: 2026 yil 5-noyabr;
uchinchi davr: 2027 yil 6- may;
to‘rtinchi davr: 2027 yil 4-noyabr;
beshinchi davr: 2028 yil 4- may;
oltinchi davr: 2028 yil 5-noyabr;
Auksion o‘tkazish shartlari:
arizalarni qabul qilish vaqti: 11:00 – 11:30;
arizalarni qondirish vaqti: 11:30;
to‘lov valyutasi: so‘m;
auksion bo‘yicha hisob-kitoblar Т+2 rejimida amalga oshiriladi;
auksion savdolarida faqat birlamchi dilerlar ishtirok etishi mumkin;
Ushbu DQQni maksimal hajmi 3 000 000 000 000 (uch trillion) so‘m bo‘lgunga qadar qo‘shimcha joylashtirilishi mumkin;
auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.