O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yil 30-iyul kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida Markaziy bank obligatsiyalarini quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.
Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.
Emitent: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.
Auksionda joylashtiriladigan obligatsiyalar rekvizitlari:
Obligatsiya turi: Markaziy bank obligatsiyalari;
identifikatsion raqam: 21244CBUSS;
bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
joylashtirish sanasi: 2026-yil 30-iyul;
chiqarilish hajmi: 5 000 000 000 000 (besh trillion) so‘m;
muomala davri: 91 kun;
obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2026-yil 29-oktyabr;
majburiyat bo‘yicha daromad turi: diskont;
daromadlilik: sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farq.
daromadlilikning maksimal chegarasi: asosiy stavka.
Auksion o‘tkazish shartlari:
arizalarni qabul qilish vaqti: 11:00-11:30;
arizalarni qondirish vaqti: 11:30;
to‘lov valyutasi: so‘m;
auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
bitimlar qiymatini yaxlitlash:matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.










