Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kompaniya va mutaxassislarga qo‘yiladigan malaka talablarini hisobga olgan holda “Maʼlumotlarni jamlash boʻyicha mavjud tizimlarni tahlil qilish, maʼlumotlarni boshqarishning yangi tizimini va nazorat ma’lumotlarining jamlanma modelini ishlab chiqish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Korporativ ma’lumotlarni saqlash va avtomatlashtirilgan hisobot tizimiga qo‘yiladigan biznes va texnik talablarni ishlab chiqish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatish” texnik topshiriqnomasi boʻyicha xizmatlarning dastlabki qiymatini aniqlash maqsadida kompaniyalarning tijorat takliflarini koʻrib chiqadi.
Tijorat taklifi qo'shilgan qiymat solig'i ko’rsatilgan va ko’rsatilmagan holda, kompaniya blankida, Bosh direktor tomonidan imzolangan va muhrlangan holda topshirilishi lozim.
Takliflar elektron shaklda suptech@cbu.uz elektron manziliga 2022-yil 5-dekabrgacha qabul qilinadi.