Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi

Yangilangan sana: 9 Apr 2026, 19:17
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan bankka murojaat qilinib, o‘ziga tegishli bo‘lmagan kredit shartnomasi nusxasini olishga urinish holatlari muhokama qilinmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, mijozlarning operatsiyalari, hisobvaraqlari, omonatlari, kredit majburiyatlari hamda boshqa moliyaviy ma’lumotlari bank siri hisoblanadi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

Qonunchilikka asosan, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqat mijozning o‘ziga, uning qonuniy vakiliga yoki qonunda belgilangan tartibda vakolatli organlarga taqdim etilishi mumkin. Qolgan barcha shaxslar, shu jumladan yaqin qarindoshlar ham, agar tegishli vakolatga ega bo‘lmasa, uchinchi shaxs sifatida qaraladi.

Shu munosabat bilan, banklar tomonidan mijozga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etish rad etilishi — amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishining ifodasidir.

Mazkur tartibning asosiy maqsadi fuqarolarning shaxsiy moliyaviy ma’lumotlarini himoya qilish hamda bank tizimida ishonch va xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.




Ulashish:

 
USD = 12128.46
-36.78
EUR = 14304.31
-26.34
RUB = 159.04
-0.38
GBP = 16412.23
-58.29
JPY = 76.26
-0.23
CHF = 15499.63
-21.22
CNY = 1777.58
-6.05
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X