Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Aholiga ipoteka krediti berishning yangi tartibida ipoteka krediti oluvchilar va kreditlovchi banklarga qo‘yilgan talablar

Yangilangan sana:  28 Fev 2020, 16:41
27 Fev 2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-son Farmoniga muvofiq Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan “Aholiga ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratish konsepsiyasi” tasdiqlanib, unga ko‘ra yangi tartib doirasida ipoteka krediti oluvchilar jismoniy shaxslar va ushbu kreditlarni berishda qatnashuvchi tijorat banklariga talablar belgilandi.

1. Ipoteka krediti oluvchilarga quyidagi talablar qo‘yildi:

- ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 50 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

- ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi;

- qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari, ya’ni qarz yuki ko‘rsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;

-  ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.

2. Ipoteka krediti berishda ishtirok etuvchi banklarga talablar:

- yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibi ishlab chiqilganligi;

“Fitch Ratings” yoki “Standard & Poor’s” xalqaro reyting agentliklarining 
“V” darajasidan yoki “Moody’s Investors Service” reyting agentligining 
“V2” reytingidan past bo‘lmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lishi;

- oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlariga auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjudligi;

- davlat byudjeti mablag‘lari, shu jumladan Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi;

- Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan prudensial normativlarni buzilganligi sababli unga nisbatan ipoteka kreditlarini berilishiga to‘sqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalari mavjud bo‘lmasligi;

- regulyativ kapitali 500 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan tijorat banklari yangi tartib doirasida kreditlashda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

USD = 10887.87
+27.73
EUR = 11131.76
-50.93
RUB = 168.84
-17.04
GBP = 12997.94
-68.98
JPY = 80.46
+0.51
CHF = 11218.83
-34.03
CNY = 1623.99
+4.45
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X