Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankda Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Yangilangan sana:  2 Mar 2020, 11:15
28 Fev 2020

Markaziy bankda Xalqaro valyuta jamg‘armasining davlat moliyasini boshqarish masalalari bo‘yicha bo‘limi iqtisodchisi Amanda Sayeg rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Markaziy bank vakillari XVJ ekspertlarini amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatida inflyatsiyani targetlash rejimiga o‘tkazilayotgani va davlat banklarini xususiylashtirishga oid rejalar bilan tanishtirib o‘tdilar.

XVJ ekspertlari moliyaviy soha muvofiqlashtiruvchilarining o‘zaro hamkorligi fiskal va pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirishda muhimligini qayd etdilar. Shu bois Markaziy bankning bank tizimi muvofiqlashtiruvchisi sifatida fiskal siyosatni ishlab chiqishda ishtirok etishi tavsiya qilindi.

Shu bilan birga, moliya sohasining boshqa muvofiqlashtiruvchilari, xususan, sug‘urta, faktoring operatsiyalari va lizing tashkilotlarining vazifalari ham muhokama etildi.

USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X