Joriy yilning 9 mart kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida umumiy hajmi 100 mlrd. so‘mlik mablag‘lar taqdim etish bo‘yicha muddati 14 kunlik REPO auksion savdolari o‘tkazildi.
Auksion davomida davlat qimmatli qog‘ozlar ta’minoti asosida jami 100 mlrd. so‘mlik mablag‘lar tijorat banklariga taqdim etildi.
Auksion natijalariga ko‘ra, REPO bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi, shuningdek minimal va maksimal stavka – yillik 16,0 foizni tashkil etdi.