Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bank xizmatlari iste’molchilari diqqatiga

Yangilangan sana: 18 Mar 2020, 10:07
17 Mar 2020

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish, shuningdek, fuqarolarni ushbu virusdan himoyalash maqsadida Markaziy bank aholiga bank xizmatlaridan foydalanish chog‘ida quyidagilarni tavsiya etadi.

I. Aholi va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan bank bo‘linmalariga bevosita tashrif buyurgan holda joriy to‘lovlarni amalga oshirish holatlarini kamaytirish maqsadida barcha shaxslardan to‘lovlarni amalga oshirishda imkon qadar bankning masofiy xizmat ko‘rsatish usullaridan, jumladan, internet-banking, banklarning mobil ilovalaridan hamda to‘lov tashkilotlari dasturlaridan keng foydalanish so‘raladi.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirishda naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo‘lishi mumkin.

Shu bois bank kartalaridan yoki muqobil elektron to‘lov turlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda to‘lovlarni kontaksiz amalga oshirilishi yanada xavfsiz hisoblanadi.

II. Aholiga valyuta-ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan tegishli bank infratuzilmalari yaratilgan. Xususan, respublika hududida qariyb 700 ta (tez orada ularning sonini 1 000 tadan oshirish rejalashtirilgan) avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari, shuningdek, masofadan turib valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi mobil ilovalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Fuqarolar banklarga bevosita murojaat qilmasdan mobil ilovalar orqali masofadan turib yoki avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari yordamida valyuta ayirboshlash operatsiyalarini kunu tun rejimida amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.

Joriy yilning 18 martidan boshlab tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari odatiy ish vaqti rejimida (soat 18:00 gacha) faoliyat yuritishi ta’minlanadi. Ish vaqtidan tashqari, shu jumladan, dam olish va bayram kunlari avtomatlashtirilgan bankomatlar va mobil ilovalardan foydalangan holda, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish mumkinligi ma’lum qilinadi.

Bank xizmatlarini amalga oshirish bo‘yicha savollar yuzasidan bevosita tijorat banklarining yoki Markaziy bankning 71 200-00-44 raqamli «Ishonch telefoni»ga murojaat etish mumkin.

xlsx 220.3 КБ
Yuklab olish
USD = 12825.43
-12.9
EUR = 13493.63
-4.59
RUB = 120.98
+1.28
GBP = 16258.80
-51.01
JPY = 85.61
+0.22
CHF = 14487.10
-3.11
CNY = 1760.77
-4.56
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X