Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Yangilangan sana:  27 Mar 2020, 16:16
27 Mar 2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Zaxidov Botir Erkinovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Uning zimmasiga kredit tashkilotlari prudensial nazorati, litsenziyalash va ruxsat berish tartiboti, kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish, kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, kredit axborotining davlat reestrini yuritish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank mutaxassislarini qayta tayyorlash, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish yo‘nalishlari nazorati yuklatilgan.

Shu kungacha B.Zaxidov Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

B.Zaxidov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent Moliya institutini, 2008 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

U bank sohasida 20 yillik ish tajribasiga ega. Markaziy bank tizimida 2009 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

USD = 12500.01
+19.11
EUR = 13566.26
+36.96
RUB = 136.04
+1.26
GBP = 15862.51
+36.73
JPY = 83.19
+0.33
CHF = 14209.40
+23.33
CNY = 1736.40
+2.41
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X