Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankning moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʼyicha joriy etilayotgan choralari yuzasidan media-muloqot tashkil etildi

Yangilangan sana:  5 Yan 2024, 18:45
5 Yan 2024
Markaziy bankda jurnalist va blogerlar uchun “Mamlakatda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʼyicha Markaziy bankning makroprudentsial va prudentsial choralari” mavzusida media-muloqot boʼlib oʼtdi.

Unda mamlakatda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash maqsadida Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilishi kutilayotgan yangi norma va choralar xususida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuv boshida banklar kapitaliga ayrim talablarning yengillashtirilishi hisobiga banklar tomonidan kredit ajratilishida, shu jumladan oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar va kichik tadbirkorlik subʼektlarini moliyalashtirishda qoʼshimcha imkoniyatlar yaratilishi koʼzda tutilayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, nazariy va real keyslar misolida yuqori qarz yuki darajasi bilan bogʼliq xatarlar haqida toʼxtalib oʼtildi. Mazkur masalada Markaziy bank tomonidan koʼrilishi koʼzda tutilgan makroprudentsial va prudentsial choralar haqida maʼlumot berildi. Xususan, qarz oluvchining qarz yuki darajasi (DSTI) va kreditning garovga (taʼminot) nisbati (LTV) boʼyicha koʼrsatkichlar, shuningdek, mazkur koʼrsatkichlar asosida kreditning tavakkalchilik darajasini aniqlashning yangicha tartibi va mazkur choralarning mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, jismoniy shaxslarning qarz yuki hisob-kitobi, shu jumladan ularning norasmiy daromadlarini aniqlashdagi oʼzgarishlarning mazmuni haqida maʼlumot berildi. 

Bundan tashqari, media-muloqotda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʼyicha xorijiy davlatlar tajribasiga ham toʼxtalib oʼtildi.

Joriy etilishi koʼzda tutilayotgan yangi qoidalar jurnalist va blogerlar bilan muhokama qilindi hamda ularning takliflari tinglandi va savollariga mutasaddi rahbarlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

USD = 12720.00
-7.96
EUR = 13827.91
+46.07
RUB = 140.04
+0.58
GBP = 16114.97
+47.19
JPY = 82.24
+0.56
CHF = 14098.87
+37.93
CNY = 1762.16
-0.37
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X