Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Karantin davrida plastik kartaning muddati tugab qolsa, uni bankka bormasdan uzaytirish imkoniyati bormi?

Yangilangan sana:  3 Apr 2020, 17:19
3 Apr 2020

Karantin davrida plastik kartaning muddati tugab qolsa, uni bankka bormasdan uzaytirish imkoniyati bormi?

 

- Mijozlarning bank kartasi yo‘qotilganda yoki bank kartasining amal kilish muddati tugayotganda yangisiga almashtirish yoxud yangi bank kartalarini ochish borasida tijorat banklari tomonidan ushbu masalalardagi murojaatlarni masofadan turib (onlayn) qabul qilish imkoniyati yaratilgan.

Bunda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar loyihasi doirasidagi bank kartalari bo‘yicha korxona yoki tashkilotlarning bosh hisobchisi yoki korxonaning ishonchli vakili tegishli ma’lumotlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi bank filialiga murojaat qiladi.

Aholining shaxsiy bank kartalari bo‘yicha esa, mijoz axborot kommunikatsiya tizimlari orqali tegishli bankka murojaat etadi.

Tijorat banklari to‘lovlarni amalga oshirish uchun mijozning bank kartasini mobilь telefon raqamiga biriktiradi.

Kartani emissiya qilgan (chiqargan) bank mijozlarga etkazib berish uchun pochta yoki inkassatsiya xizmati yoxud boshqa imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.

USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X