Rivojlanib borayotgan moliyaviy mahsulotlar va ma’lumotlar hajmining o‘sib borishi moliya bozori ishtirokchilaridan ma’lumotlarni boshqarishga doir yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish va axborot tizimlarini takomillashtirishni talab etmoqda.
Forum davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari moliya sektori oldida turgan asosiy vazifalarni, ya’ni:
- ma’lumotlarni yig‘ish jarayonining shaffofligini oshirish;
- nazorat osti tashkilotlarda hisobot yukini kamaytirish;
- taqdim etilayotgan ma’lumotlarning sifati va ishonchliligini oshirish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan nazorat osti tashkilotlari bilan ma’lumotlarni taqdim etishning yangi modeliga o‘tish masalalarini tahlil qilish va qo‘shimcha tushuntirishlar berish maqsadida muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazilib borilishi ta’kidlab o‘tildi.