Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro valyuta jamg‘armasining “Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” tahliliy hisobotining taqdimoti

Yangilangan sana: 6 May 2025, 17:23
6 May 2025
Markaziy bankda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan chop etilgan “Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy iqtisodiy istiqbollari” nomli tahliliy hisoboti taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda XVJ, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki rahbarlari ishtirokida mintaqadagi iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari, mamlakatlar iqtisodiyotlarining ta’sirchanligini oshirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar yuzasidan ko‘riladigan choralar muhokamasi o‘tkazildi.

Erkin muloqot tarzida o‘tgan seminarda mahalliy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari yosh ilmiy xodimlari ham faol ishtirok etib, muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun: XVJ tomonidan “Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” (Regional Economic Outlook) turkumidagi tahliliy hisobotlar yiliga ikki marta XVJning rasmiy veb-saytida chop etiladi va unda mintaqalardagi iqtisodiy tendensiyalar, istiqbollar va xavflar tahlili aks ettiriladi.

Hisobotning to‘liq matni bilan havola orqali tanishish mumkin.

USD = 12904.51
-33.42
EUR = 14575.64
-89.5
RUB = 161.99
+0.89
GBP = 17295.91
-53.85
JPY = 89.94
+0.08
CHF = 15609.66
-82.19
CNY = 1790.70
-4.84
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X