Tadbirda Markaziy bank raisining davlat tili va ma’naviyat masalalari bo’yicha maslahatchisi, “Asaxiybooks” vakillari, “Mahalla kutubxonasi”, “1000KITOB”, “Mutolaa” loyihalar menejerlari tomonidan taqdimotlar o’tkazildi.
Mazkur loyihalar bo’yicha banklar bilan hamkorlik qilish, ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirishda banklarning o’rni, bank-moliya sohasiga oid kitoblarni o’zbek tiliga tarjima qilish, bank-moliya ensiklopediyasi, atamalar lug’atini tuzish kabi dolzarb mavzular muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Markaziy bankda tijorat banklari raislarining davlat tili va ma’naviyat masalalari bo’yicha maslahatchilari bilan uchrashuv tashkil etildi
Yangilangan sana: 21 May 2025, 18:29