Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankda media-muloqot tashkil etildi

Yangilangan sana: 29 Iyul 2025, 17:59
29 Iyul 2025
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida “Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi va pul bozorini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar” hamda “UZONIA indeksini hisoblash metodologiyasining yangi tahriri” mavzusida media-muloqot oʻtkazildi.

Uchrashuvda masʼul mutaxassislar tomonidan Markaziy bank pul-kredit siyosati va uning maqsadlari, pul-kredit siyosatining operatsion va transmission mexanizmi, shuningdek, kelgusida operatsion mexanizm va pul bozoridagi rejalashtirilgan oʻzgartirishlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Media-muloqotda banklararo pul bozorida qisqa muddatli xatarsiz resurslar narxi – UZONIA indeksi hamda banklararo pul bozoridagi tarkibiy oʻzgarishlar natijasida uning hisoblash metodologiyasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbir davomida jurnalist va blogerlar mavzu bo'yicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.                               

Ushbu havolalar orqali mavzu yuzasidan qilingan taqdimotlar  va berilgan ma'lumotlarni o'qishingiz mumkin.

USD = 11972.35
-17.65
EUR = 13852.01
-14.43
RUB = 147.52
-0.03
GBP = 15702.93
-39.94
JPY = 77.32
-0.37
CHF = 14978.54
+52.61
CNY = 1682.12
-1.82
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X