Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Oʻzbekiston XX Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi (ISSF 2025) ga mezbonlik qilmoqda

Yangilangan sana: 18 Sen 2025, 09:53
17 Sen 2025
“Islomiy bank tizimini joriy etish: Barqaror moliyaviy tizim sari yuksalish” mavzusidagi XX Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi tijorat banklari, nufuzli moliya tashkilotlari, islom iqtisodi va moliyasi boʻyicha dunyo miqyosidagi yetakchi olimlar, ekspertlar, mutaxassislar va regulyatorlarni bir joyga jamladi. 

Nufuzli anjumanning 1-ish kunida shartnomalar tasnifi, ularning zamonaviy amaliyotda qo‘llanilishi hamda shaffof va yagona mezonlar asosida tuzilishiga alohida eʻtibor qaratish borasida muhokamalar olib borildi. Xalqaro ekspertlar ushbu jarayonlar mijozlar ishonchi va islom moliyasi taraqqiyoti uchun muhim omil ekanini taʻkidladilar.

Alohida qayd etish kerakki, forum doirasida Markaziy bankda INCEIF bilan birgalikda oʻquv dasturlari, trening va seminarlar tashkil qilish, islomiy moliya sohasida  qoʻshma tadqiqotlar olib borish yoʻnalishlarida oʻzaro hamkorlik qilishga qaratilgan anglashuv memorandumi ham imzolandi. Ushbu memorandumga asosan INCEIF bilan islom moliyasi sohasidagi 4 ta kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilib, foydalanuvchilarga taqdim qilishga kelishib olindi.

Forum o'z ishini 18-sentabr kuni davom ettiradi. Unda islom moliyasi bo'yicha yangi yo‘nalishlar va dolzarb mavzulardagi muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


USD = 12031.25
-62.1
EUR = 13764.95
-102.49
RUB = 153.24
-1.98
GBP = 16173.61
-162.09
JPY = 74.10
-0.47
CHF = 14899.38
-82.47
CNY = 1775.33
-11.8
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X