Muloqotlarda islom moliyasi instrumentlarini bank sektoriga integratsiya qilish hamda sohada barqaror mexanizmlar yaratish masalalari muhokamalarning asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻldi.
Forum ishida AQSH, Yaqin Sharq, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyoning 20 dan ziyod mamlakatlaridan kelgan ekspert va olimlar ishtirok etishmoqda. Avvalgi 19 marta Malayziyada oʻtkazilgan forumga bu yil ilk bor Oʻzbekiston mezbonlik qilmoqda.
Forum yakunida ishtirokchilar tomonidan rezolyutsiya imzolanishi koʻzda tutilgan.










