Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Ozarbayjon markaziy banklari vakillarini birlashtirgan mintaqaviy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida to‘lov tizimlari, raqamli moliyaviy infratuzilma, kiberxavfsizlik, fintex bozorini tartibga solish va innovatsion yechimlarni joriy etish kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Tadbir doirasida moliyaviy xizmatlarda maxsus huquqiy rejim, Tojikistonning yagona QR tizimi tajribasi, Qozog‘istonning raqamli infratuzilmasi, Ozarbayjonda to‘lov xizmatlarini tartibga solishdagi yangi yondashuvlar, shuningdek, SupTech va RegTech konsepsiyalari, naqd pulsiz hisob-kitoblar hamda “tartibga solish qumdoni” tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu uchrashuv Markaziy Osiyo davlatlari hamda Ozarbayjon markaziy banklari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va to‘lov tizimlari hamda raqamli moliyaviy texnologiyalar sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qiladi.










