Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mikromoliya tashkilotlari faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish tartibi mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Yangilangan sana: 15 Okt 2025, 11:34
14 Okt 2025
Markaziy bank tomonidan mikromoliya tashkilotlari faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish tartibi boʻyicha “Zoom” platformasi orqali bozor ishtirokchilari uchun davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari, mikromoliya tashkilotlari taʼsischilari va ijro etuvchi direktorlardan iborat 100 dan ortiq  ishtirokchilar qatnashdi.

Unda, Markaziy bank tomonidan mikromoliya tashkilotlari faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirish tartibi va qonunchilik asoslari, xususan mikromoliya banki faoliyatini tartibga solishda belgilangan talablar, mikromoliya banklarini tashkil etish tartiblari va litsenziya olish bosqichlari boʻyicha maʼlumotlar berildi. 

Tadbir soʻnggida bu kabi amaliy seminarlar kelgusida bozor ishtirokchilarining takliflari asosida tematik tarzda tashkil etilishiga kelishib olindi.

USD = 11972.35
-17.65
EUR = 13852.01
-14.43
RUB = 147.52
-0.03
GBP = 15702.93
-39.94
JPY = 77.32
-0.37
CHF = 14978.54
+52.61
CNY = 1682.12
-1.82
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X