Markaziy bank KPMG kompaniyasi bilan birgalikda moliya sektorida ma’lumotlarni boshqarishning yagona madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ikkinchi RegTech forumini o‘tkazdi.
Panel munozaralari banklar barqarorligi, tartibga solish shaffofligi va regulyator va moliya bozori o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash uchun asos bo‘layotgan ma’lumotlarni boshqarish tizimlarini rivojlantirishga bag‘ishlandi. Yagona standartlarning yaratilishi tijorat banklari uchun hisobotlarni tayyorlash yukini kamaytiradi, axborot almashinuvining aniqligi va tezligini oshiradi, bu esa o‘z navbatida qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va xatarlarni kamaytiradi.
Tadbirda Xalq banki, Asakabank, Turonbank va Ipoteka-bank ma’lumotlarni boshqarish sohasida faol ishtirok etib, ilg‘or tajribalarni joriy etayotgani e’tirof etildi.
RegTech Forum Uzbekistan 2025 II: Kelajakni sifatli ma’lumotlar asosida quramiz
Yangilangan sana: 29 Okt 2025, 10:06