Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Toshkentda 15–16 noyabr kunlari Markaziy bank tomonidan Boston Consulting Group (BCG) ko‘magida “CBU Coding Challenge 2025” tanlovi o‘tkazildi.

Yangilangan sana: 17 Noy 2025, 17:49
16 Noy 2025

Tanlovda “data science” va “quantitative analysis” yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanib, ishtirokchilarning kredit defoltini aniqlashda statistik va ML modellarini qo‘llashga oid ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

CBU Coding Challenge — istiqbolli g‘oyalar, mutaxassislar va yangicha yechimlarni bir maydonga jamlovchi tashabbus bo‘ldi. Maqsad — data-engineering sohasidagi iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion yondashuvlar orqali moliyaviy xizmatlarni yanada ommalashtirish, tezkor va qulay bo‘lishi uchun yechimlarni yaratishdan iborat.

Tanlovga jami 629 ta ariza qabul qilindi, saralash natijasida 177 nafar ishtirokchi tanlanib, shundan 42 ta jamoa shakllantirildi. Ularga — 48 soat ichida kredit qaytarmaslik (defolt) ehtimolini baholaydigan model yaratish vazifasi yuklatildi.

Birinchi kun: vazifa va texnik talablar bilan tanishish

Ishtirokchilarga asosiy topshiriq, ma’lumotlar to‘plami va texnik shartlar taqdim etildi. BCG va IT Park mutaxassislari trening va maslahatlar o‘tkazdi. Jamoalar dastlabki yondashuvlarini shakllantirib, ularning bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

Ikkinchi kun: modellarning amaliy sinovi

Tanlovning ikkinchi kunida ishtirokchilar o‘z modellari ustida ishlashni davom ettirib, risk segmentlarini aniqlash, defolt ehtimolini baholash va algoritmlarni real amaliyotga yaqin sharoitlarda sinovdan o‘tkazdi. Bu bosqich texnik ko‘nikmalar bilan birga iqtisodiy fikrlashni ham talab qildi.

Tanlov g‘oliblari:

1-o‘rin —Renaissance Technologies—150 mln so‘m

2-o‘rin—MAAB Innovation— 100 mln so‘m

3-o‘rin—DataVision— 50 mln so‘m

Ishtirokchilar uchun eng katta imkoniyat bu — Markaziy bankda ishlash va kelgusida moliya tizimida faoliyat boshlash imkoniyatidir.

Loyihaning asosiy maqsadi

“CBU Coding Challenge 2025” quyidagi yo‘nalishlarda yoshlar salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi:

  • data science yo‘nalishida yangi kadrlar tayyorlash;
  • kredit xavflarini boshqarishda innovatsion yechimlarni joriy etish;
  • davlat, biznes va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
  • ishtirokchilarga amaliy tajriba berish.

Tanlovda qatnashayotgan 177 nafar yosh mutaxassis kelgusida bank texnologiyalari, fintech yechimlar va moliyaviy siyosatni shakllantirishda faol ishtirok eta oladi.

Tanlovni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi va IT park bilan yaqindan hamkorlik olib borildi.

 

USD = 12097.93
+50.48
EUR = 14194.50
+95.37
RUB = 151.77
-0.13
GBP = 16190.66
+80.81
JPY = 77.61
+0.32
CHF = 15219.44
+124.28
CNY = 1714.63
+7.73
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X