Hujjatning maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy xizmatlardan teng va qulay foydalanishni ta’minlash maqsadida mavjud shart-sharoitlarni o‘rganish, metodologik asoslarni shakllantirish, jismoniy ehtiyojlarni inobatga olgan holda bank infratuzilmasini moslashtirish, shuningdek moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqishdan iborat.
Chora-tadbirlar rejasi moliyaviy xizmatlardan foydalanishda nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan to‘siqlar va muammolarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, moliyaviy tashkilotlar uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish, shuningdek moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv materiallarini tayyorlash va moslashtirishni o‘z ichiga olgan amaliy va tahliliy vazifalar majmuasini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ushbu chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish barcha aholi qatlamlari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash va moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan inklyuziv moliyaviy tizimni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.