Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti - 2025” respublika tanlovi

Yangilangan sana: 27 Dek 2025, 19:56
23 Dek 2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-12-sonli qarori ijrosini ta’minlash, aholiga bank xizmatlarini yetkazishdagi yordamchi agentlarning rolini oshirish hamda ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida Markaziy bank tomonidan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovning asosiy maqsadi — yordamchi agentlarning faoliyatini keng jamoatchilikka namoyish etish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda aholiga taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlarning sifatini oshirishdir. Shu bilan birga, tanlov yordamchi agentlarning jamoat oldidagi nufuzini mustahkamlash, ularning bank tizimidagi ahamiyatini yanada oshirish va ularni rag‘batlantirish imkonini yaratishdan iborat.

Mazkur tanlov orqali yordamchi agentlar o‘z tajriba va ko‘nikmalarini namoyish etish bilan birga, yangi g‘oya va yechimlarni tatbiq etish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa nafaqat ularning shaxsiy professional rivojlanishiga, balki mamlakatimizdagi moliyaviy xizmatlarning sifatini yaxshilash va aholi bilan banklar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tanlov 4 bosqich orqali amalga oshirildi:

I. Saralash bosqichi. Mamlakatning 14 ta hududidan 27 ta tijorat bankidan 4 467 nafar agent ishtirok etdi. Ular tomonidan 1 637 ta yozma inshо va 2 830 ta videorolik taqdim qilindi. Tanlovda ustuvor omillar sifatida jamoaga xizmat qilish, moliyaviy xizmatlarni soddalashtirib yetkazish va fuqarolar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish belgilandi. Bu bosqichda eng yuqori faollik Agrobank (926), Mikrokreditbank (771), Xalq Banki (559), Milliy Bank (460) va Aloqabank (355) tomonidan qayd etildi. Natijada 625 nafar eng faol agent keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

II.Tuman bosqichi. 2025 yil 4 sentyabrdan boshlangan bosqichda agentlar mahallalarda, maktablar, bozorlar va xonadonlarda targ‘ibot ishlarini olib bordi va ularning amaliy faoliyati videomateriallar orqali yoritildi. 4 900 dan ortiq videoroliklar taqdim qilindi. Farg‘ona, Andijon va Jizzax viloyatlarida yuqori faollik qayd etildi. Agentlar bloggerlik faoliyati, jamoat oldida chiqish va onlayn treninglarda muntazam ishtirok orqali kasbiy salohiyatini oshirdi. Natijada 208 nafar agent saralandi, yetakchi o‘rinlar Agrobank (58), Xalq Banki (44) va Mikrokreditbank (36) tomonidan egallandi.

III.Viloyat bosqichi. Ishtirokchilar mahalla bankirlari bilan hamkorlikda amalga oshirgan ishlari va kelgusi rejalari “pitching” shaklida taqdim etdi. Bu ularning jamoaviy ishlash, strategik fikrlash va natijani himoya qilish ko‘nikmalarini baholash imkonini berdi. Taqdimotlar PowerPoint, Canva va Gamma kabi zamonaviy platformalarda tayyorlandi. Natijada 44 nafar agent va ularga biriktirilgan 44 nafar mahalla bankirlari respublika bosqichiga yo‘llandi.

IV. Respublika bosqichi. Respublika bosqichida biznes-reja taqdimoti, tijorat banklari va ijtimoiy loyihalarining taqdimoti hamda hududdagi foydalanilmagan zaxiralardan samarali foydalanish yechimlari baholandi. Bu bosqichda yordamchi agentlar bilan bir qatorda mahalla bankirlari va tijorat banklari rahbarlari ham ishtirok etdilar.

“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovi yordamchi agentlarning aholiga moliyaviy xizmatlarni yetkazishdagi muhim faoliyatini namoyish etish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va jamoat oldidagi nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan.

USD = 12084.95
-51.97
EUR = 14182.90
-8.8
RUB = 159.31
-0.68
GBP = 16350.94
+34.06
JPY = 76.48
0
CHF = 15276.13
-21.22
CNY = 1735.57
-6.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X