Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

“Narxlar barqarorligini ta’minlash, bozorlarda raqobat muhitini shakllantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida” Memorandum imzolandi.

Yangilangan sana: 20 Yan 2026, 16:14
20 Yan 2026
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rtasida “Narxlar barqarorligini ta’minlash, bozorlarda raqobat muhitini shakllantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida” Memorandum imzolandi.

Bunda ushbu hujjat mamlakatda narxlar barqarorligini ta’minlash, inflyatsiyani pasaytirish hamda tovar va xizmatlar bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ifoda etadi.
Memorandum inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi bozor mexanizmlarini ilmiy asoslangan tarzda tahlil qilish, asossiz narx oshishi va monopol mavqe suiiste’mol qilinishiga qarshi kurashish, shuningdek, tarmoqlar kesimida narx shakllanishi jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro ma’lumot almashishni ko‘zda tutadi.
Iste’mol bozorida taklif omillarini birgalikda o‘rganish va xatarlarni oldini olish yo‘nalishida harakatlar muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Tomonlar hamkorlikning:
- inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlashda institutsional hamkorlikni kuchaytirish;
- tovar va xizmatlar bozorlarida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
- narx shakllanishiga ta’sir etuvchi monopol sharoitlarni tezkor aniqlash bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashinuvi tizimini yo‘lga qo‘yish;
- bozordagi konsentratsiya darajasi, yagona tarmoq ishtirokchilari, monopol holatlar va bozor hukmronligi holatlarini tahlil qilishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, moliya bozorlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalari bo‘yicha fikr almashish maqsadlarini belgilaydilar.

USD = 12275.58
-11.73
EUR = 14591.98
-52.04
RUB = 159.09
+0.26
GBP = 16754.94
-73.76
JPY = 80.28
+0.08
CHF = 15981.75
-63.31
CNY = 1778.73
+0.59
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X