Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy ommaboplikka bag‘ishlangan forum

Yangilangan sana: 23 Yan 2026, 17:31
22 Yan 2026
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlash hamda ijtimoiy adolatni mustahkamlash maqsadida joriy yilning 22-yanvar sanasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan forum tashkil etildi.

Mazkur tadbir nogironligi bo‘lgan fuqarolarning moliyaviy xizmatlardan teng va barqaror foydalanishini ta’minlash, shu orqali ularning iqtisodiy faolligi va jamiyatdagi ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan muhim muloqot maydoni bo‘ldi. Forum davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishdagi mavjud muammo va to‘siqlarni aniqlash, bank va to‘lov xizmatlarining jismoniy hamda raqamli jihatdan qulayligini oshirish, moliya sektorida inklyuziv muhitni rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlar keng muhokama qilindi.

Ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi, shuningdek, BMT Aholi jamg‘armasi (UNFPA), Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD), tijorat banklari va to‘lov tizimlari ekspertlari ishtirok etdi.

Maxsus taklif etilgan ekspertlar o‘z amaliy tajribalari, samarali yondashuvlari hamda inklyuziv moliyaviy xizmatlarni joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan yechimlarini taqdim etdilar. Muhokamalar jarayonida xizmatlar sifatini yaxshilash, bank infratuzilmasi va bankomatlarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish hamda inklyuziv moliyaviy mahsulot va xizmatlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Kapitalbank o‘zining inklyuziv servisi — “Teng imkoniyatlar” dasturini taqdim etdi. Ushbu dastur filiallar infratuzilmasini moslashtirish, xodimlarni o‘qitish va nogironligi bo‘lgan mijozlar uchun mos moliyaviy mahsulot va xizmatlarni joriy etish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi ma’lum qilindi. Shuningdek, PAYNET tomonidan elektron to‘lovlar va agentlik tarmog‘i orqali nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy xizmatlardan qulay foydalanishni ta’minlashga qaratilgan loyihalar va xizmatlar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, forumda 2026-yilga mo‘ljallangan inklyuziv tashabbuslar ham taqdim etildi.

Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar o‘zlarining umumiy yondashuvlari va amaliy tajribalarini namoyish etdilar. Ular inklyuziv dizayn, xalqaro standartlarga muvofiqlik hamda institutlar salohiyatini oshirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratdilar. Ushbu tajribalar Markaziy bankning moliyaviy inklyuziya bo‘yicha siyosatining keyingi qadamlarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: 2025-yilda Markaziy bankning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Moliyaviy ommaboplik milliy strategiyasi tasdiqlangan bo‘lib, unda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan alohida yo‘nalishlar va chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Mazkur strategiya ijrosi doirasida Markaziy bank va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi hamkorligida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha alohida Yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

USD = 12275.58
-11.73
EUR = 14591.98
-52.04
RUB = 159.09
+0.26
GBP = 16754.94
-73.76
JPY = 80.28
+0.08
CHF = 15981.75
-63.31
CNY = 1778.73
+0.59
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X