O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o‘rinbosari Sanjar Nosirov hamda Xalqaro sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasining (ACCA) Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha jamoatchilik bilan aloqalar yetakchisi Gaukhar Ashirbekova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ACCA’ning O‘zbekistondagi faoliyati, bank sektorida Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini (XMHS) joriy etishni qo‘llab-quvvatlash hamda banklarning moliya yo‘nalishidagi xodimlari malakasini ACCA’ning xalqaro sertifikatlash dasturlari orqali oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida keyingi bosqichlar bo‘yicha takliflarni tayyorlashga kelishib oldilar.