Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Fintech startaplar bilan pilot loyihalar muhokama qilindi

Yangilangan sana: 28 Mar 2026, 23:58
28 Mar 2026
Markaziy bankda fintech startaplar hamda tijorat banklari vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Muhokamada istiqbolli raqamli yechimlarni bank amaliyotiga joriy etish, hamkorlikni kengaytirish va yangi servislarni tezkor sinovdan o‘tkazish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida 7 ta fintech startap o‘zining innovatsion mahsulot va xizmatlarini taqdim etdi. Ular orasida kichik biznes uchun raqamli faktoring, marketplace va logistika boshqaruvi, bir nechta bank kartalarini yagona platformada jamlash, xarajatlarni bo‘lishish xizmati, AI servislarini xavfsiz integratsiya qilish, tranzaksion data tahlili hamda shaxsiy byudjetni boshqarish kabi zamonaviy yechimlar alohida qiziqish uyg‘otdi.

Muhokamalar jarayonida startaplar va tijorat banklari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, ayrim yechimlarni bank tizimiga integratsiya qilish hamda istiqbolli yo‘nalishlarda pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki amaliy kelishuvlar shakllandi.
 
Mazkur uchrashuv bank xizmatlarini yanada qulay, tezkor va mijozga yo‘naltirilgan qilish, shuningdek, moliyaviy texnologiyalar bozorida yangi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

USD = 12128.46
-36.78
EUR = 14304.31
-26.34
RUB = 159.04
-0.38
GBP = 16412.23
-58.29
JPY = 76.26
-0.23
CHF = 15499.63
-21.22
CNY = 1777.58
-6.05
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X