Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliyaviy inklyuziya alyansi (AFI): moliyaviy inklyuziya bo‘yicha strategik ustuvor yo‘nalishlar

Yangilangan sana: 30 Mar 2026, 19:39
30 Mar 2026

Markaziy bankda AFI bosh ijrochi direktori doktor Alfred Hannig boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokamalar moliyaviy ommaboplik sohasidagi global ustuvor yo‘nalishlar va bu jarayonda regulyatorning o‘zgarib borayotgan roli, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining erishgan asosiy natijalari atrofida olib borildi. Xususan, moliyaviy ommaboplik siyosatining moliyaviy barqarorlikning ajralmas qismi hamda barqaror makroiqtisodiy rivojlanish omili sifatidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Raqamli texnologiyalar, fintex va innovatsiyalarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdagi roli muhokamaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Muhokamalar doirasida tomonlar ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish hamda ularni samarali amalga oshirishni kuchaytirish maqsadida, Markaziy bank tomonidan moliya tizimiga bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin bo‘lgan AFIning yangi vositalari va metodologiyalarini ko‘rib chiqdilar.

Suhbat davomida Markaziy bankning AFI Kuzatuv kengashi a’zosi sifatidagi o‘rni alohida ta’kidlandi, shuningdek, umumiy muammolarni aniqlash va muvofiqlashtirilgan siyosiy yechimlarni shakllantirishda mintaqaviy hamkorlik maydonining strategik ahamiyati qayd etildi.

Bundan tashqari, AFI ishchi guruhlari a’zolari bilan alohida uchrashuvlar tashkil etildi, ushbu muloqotlar chog‘ida Markaziy bank tomonidan moliyaviy ommaboplik sohasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar va islohotlar dasturi taqdim etildi. Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda ommabop, barqaror va innovatsiyalarga yo‘naltirilgan moliyaviy tizimni yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlikni chuqurlashtirish hamda xalqaro tajriba va mutaxassislar salohiyatidan keng foydalanishga kelishib oldilar.

USD = 12020.48
+4.52
EUR = 14048.33
-3.13
RUB = 158.77
-1.53
GBP = 16207.21
-15.54
JPY = 75.25
+0.03
CHF = 15273.80
-29.26
CNY = 1758.33
-0.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X