Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining xabari

Yangilangan sana: 8 Apr 2026, 19:26
8 Apr 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 500000 soʻmlik yangi banknot toʻgʻrisidagi xabarlar borasida quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas, bugungi kunda yangi pul belgisini muomalaga chiqarish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan koʻzda tutilmagan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega hisoblanadi.

Yangi pul belgilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan maʼqullash boʻyicha tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng Markaziy bank tomonidan yangi pul belgisi tavsifi va uning muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (axborotlar) ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

USD = 12158.59
-39.69
EUR = 14238.92
-2.57
RUB = 157.88
+1.31
GBP = 16339.93
-10.64
JPY = 76.35
-0.38
CHF = 15392.57
-26.82
CNY = 1780.46
-2.71
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X